"Manchester Yunayted"ning yana bir futbolchisi jarohat oldi
Tolibjon Qosimov
29 apr 2017, 20:42
"Manchester Yunayted" himoyachisi Timoti Fosu-Mensa APL 26-tur qoldirilgan o'yini doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bahs (0:0)da jarohat oldi.
Bu haqda "Sky Sports" xabar berdi. Eslatib o'tamiz, futbolchi 86 daqiqada zaxiradan maydonga tushgana uchrashuvdagi so'nggi epizodda jarohat olgan edi. "Qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyo futbolchi ma'lum muddatni o'tkazib yuborishini tasdiqladi.