"Manchester Yunayted"ga Pepe kerak

Mirjalol Normatov
21 iyul 2019, 18:10
"Lill" vingeri Nikolya Pepe Yevropaning yana bir top-jamoasi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"The Times" xabariga ko'ra, ivuarlik futbolchiga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Ushbu transferni "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning o'zi istamoqda. Mankunianliklar  ushbu transfer uchun 80 million evro sarflashga tayyor turibdi.

Shuningdek, Pepening xizmatlariga "Liverpul", "Arsenal", "Inter", "Napoli" va PSJ kabi jamoalardan qiziqishlar bor. O'tgan mavsumda Pepe Liga1'ning 38ta o'yinida qatnashib, o'z hisobiga 22 gol va 14 hammualliflikni yozib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times