"Manchester Yunayted" Torres bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda

Alisher
28 may 2020, 18:51
"Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torres faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

"Manchester Yunayted" 20 yoshli vinger bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.

Torresning "Valensiya" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi, bitimda tovon puli 100 million evro etib belgilangan.

Shu bilan birga "Valensiya" ham boshqa klublarning qiziqishini yo'qotish uchun Torresga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes.net