

Manchesterliklar ketma-ket ikkinchi mavsumda ushbu turnir yarim finaliga chiqishdi.
2019/20 yilgi mavsum yarim finalida jamoa "Sevilya"ga yutqazgandi.
Qayd etish lozimki, "Manchester Yunayted" so'nggi besh yil ichida uchinchi marotaba Yevropa ligasi yarim finaliga chiqdi. Jamoa 2016/17 yili ushbu turnir g'olibiga aylangandi.



