"Manchester Yunayted" Ronalduning intervyusi yuzasidan yana bir bayonot berdi

Administrator
19 noya 2022, 00:05
Kecha Ronalduning intervyusining ikkinchi qismi e'lon qilingandi.

Shu kunlarda futbol olami e'tibor markazida Krishtianu Ronalduning taniqli jurnalist Pirs Morganga bergan shov-shuvli intervyusi bo'lib turibdi. Kecha ushbu intervyuning ikkinchi qismi taqdim qilindi. "Manchester Yunayted" klubi esa Ronalduning ushbu chiqishiga yana bir bora o'z poziciyasini bildirdi.

"Manchester Yunayted" bugun ertalab Ronaldu yaqinda OAVga bergan intervyusiga javoban tegishli choralarni ko'rdi. Bu jarayon oxiriga etgunga qadar klub tomonidan boshqa izoh berilmaydi", -deyilgan klub bayonotida.

The Guardian bergan ma'lumotga ko'ra, MYU Ronalduni ushbu intervyu sabab sudga beradi. Bu esa Ronalduning MYU libosida boshqa o'ynamasligini anglatadi. Nashrning qo'shimcha qilishicha, Ronalduga klub bazasiga boshqa qaytmaslik ham aytilgan. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: www.manutd.com