"Manchester Yunayted" Ronaldu bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
11 noya 2020, 18:23
"Manchester Yunayted" Krishtianu Ronalduni ortga qaytarish bo'yicha muzokaralarni boshladi.

Futbolchi bu variantni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Martin xabar bermoqda.

"Yuventus" ham o'z navbatida portugaliyalik futbolchini qo'yib yuborishga qarshi emas. Agar u MYUga ketishni so'rasa, bitim amalga oshadi.

Hujumchi Turin klubi safida barcha musobaqalarda 94ta o'yinda maydonga tushib, 71ta gol va 19ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN