"Manchester Yunayted" Rodrigo uchun taklif tayyorlamoqda

Sherzod Nurmatov
19 may 2025, 17:53
"Manchester Yunayted" "Real" futbolchisi Rodrigo Silvaga qiziqish bildirmoqda.

Xabar qilinishicha, "Real" vingeri jamoaning keyingi bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan o'z holatini muhokama qilmoqchi. Suhbat natijasida u klubini o'zgartirishga qaror qilishi mumkin. Braziliyalik futbolchiga MYUdan tashqari "Arsenal" ham jiddiy etibor qaratmoqda.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 50 o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS