"Manchester Yunayted" "Old Trafford"ni rekonstrukciya qiladi

Sherzod Nurmatov
15 mar 2022, 20:00
OAV "Manchester Yunayted"ning o'z uy stadionini ta'mirlash rejalari haqida xabar topdi.

The Telegraph nashrining yozishicha, birinchi variant – "Old Trafford"ni buzib, yangi arena qurish. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, "qizil iblislar" rahbariyati 90 000 o'rinli stadion qurishni rejalashtirmoqda.

Ikkinchi variant – tribunalardan birini kengaytirish. Navbatdagi echim sifatida barcha sektorlarni rekonstrukciya qilish keltirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Old Trafford" 1910 yil fevral oyida ochilgan. Deyarli 76 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph