"Manchester Yunayted" muzokaralarni boshladi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2018, 16:41
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning mankunianlar klubidagi kelajagi avvalgidek so'roq ostida.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik klubning transfer siyosatidan mamnun emas va u yozda jamoani tark etishi mumkin.

Mutaxassisni yo'qotishdan xavfsiragan MYU rahbariyati yangi shartnoma borasida Mourinyo bilan muzokara o'tkazdi. "Manchester Yunayted" bosslari 54 yoshli murabbiy bilan uzoq muddatli bitim tuzmoqchi. Amaldagi kelishuv 2019 yilning yozida yakuniga etadi, ammo shartnomada uni yana bir mavsumga uzaytirish mumkin bo'lgan band mavjud.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail