"Manchester Yunayted" mashg'ulotlarni boshladi

Mirjalol Normatov
15 dek 2021, 22:55
"Manchester Yunayted" futbolchilari o'z qarorgohida 15 dekabrning ikkinchi yarmida mashg'ulotlarga qaytdi.

Futbolchilar mashg'ulotlarga qo'shilish oldidan koronavirus testini topshirdi, deb yozadi jurnalist Saymon Stoun.

Eslatib o'tamiz, mankunianliklar 13 dekabr kuni futbolchilarda koronavirus aniqlangani sababli qarorgohini yopishga majbur bo'lgandi. Shu sababli jamoaning 14 dekabr kungi "Brentford"ga qarshi o'yini keyinroqqa qoldirildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal