"Manchester Yunayted" Kantega qiziqish bildirmoqda

Оқил Абдубарноев
30 may 2022, 19:10
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kantega "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Mankunianliklar yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va shartnomasi yana bir yilga amal qiladigan "Chelsi" yarim himoyachisini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

"Chelsi" fransiyalik futbolchini sotmoqchi emas. Londonliklar yarim himoya chizig'ini qayta qurmoqchi, ammo Kantedan ko'ra Jorjinoni sotishni afzal ko'rishadi.

Kante o'tgan mavsumda APLda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Guardian