"Manchester Yunayted" himoyachisi koronavirusga chalindi

Alisher
29 okt 2020
"Manchester Yunayted"ning yangi o'yinchisi Aleks Telles koronavirusga musbat test topshirdi.

Braziliyalik himoyachi 17 oktyabr kuni Angliya Premer-ligasi doirasidagi "Nyukasl"ga qarshi o'yin oldidan jarohat oldi.

Eslatib o'tamiz, Telles "Manchester Yunayted"ga yozgi transferlar oynasida "Portu"dan o'tgan edi. "Qizil iblislar" futbolchi uchun 15 million evro to'lashgan.

Tomonlar 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashgan. Aleks joriy mavsum APL doirasida hali maydonga tushmadi.


AlisherMuallif
Manba: BBC Sport