"Manchester Yunayted" futbolchisini transferga qo'ydi

Alisher
3 yanv 2020, 16:44
Himoyachi Markos Roxo qishki transferlar oynasida "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkin.

"Qizil iblislar" rahbariyati Roxoni transferga qo'yishgan va bu haqda futbolchiga xabar qilishgan.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Roxo MYUga qadar "Estudiantes", "Spartak" (Moskva) va "Sporting" (Lissabon) jamoalari sharafini himoya qilgan.

"Estudiantes" tarbiyalanuvchisi 2011 yildan buyon Argentina terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Star