"Manchester Yunayted" futbolchilari Pogbaning ketishini istashmoqda

Mirjalol Normatov
23 iyun 2019, 14:42
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba yozda jamoani tark etishi mumkin.

"The Sun" xabariga ko'ra, "qizil iblislar"ning boshqa futbolchilari uning ketishini talab qilishmoqda. Oldinroq Pogbaning o'zi ham jamoasini o'zgartirishga qarshi emasligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

Biroq klub rahbariyati fransiyalikning jamoada qolishini va uning maoshini ko'tarishni istashmoqda.

Pogbaning xizmatlariga "Real" va "Yuventus" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun