"Manchester Yunayted" De Xea bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
13 fev 2022, 22:05
MYU Ispaniya termasi posboni David De Xea bilan kelishuvni uzaytiradi, deya xabar berdi "The Sun".

Manbaning xabar berishicha, "Yunayted" ispaniyalik bilan shartnomani uzaytirish haqidagi bandni ishga tushirmoqchi. Agar bu amalga oshsa, yangi kelishuv 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.

"Uning oxirgi shartnomasi 18 oylik muzokaralarni talab qilgan. Hozir klub jarayonni tezlashtirmoqchi.

MYUdagilar uni dunyoning eng yaxshi posboni deb hisoblashadi va hali yana uzoq yillar davomida darvozani munosib qo'riqlashiga ishonishadi", – dedi manba.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun