
27 yoshli futbolchi xizmatlariga "Roma", "Inter" va "Yuventus" qiziqish bildirmoqda.
MYU Darmianni 18 mln. funtga baholamoqda va futbolchi borasida bo'ladigan yaxshi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Agar "Yuventus"ga o'tsa, u Dani Alves o'rnini egallashi mumkin.
"Manchester Yunayted" 2015 yilda Darmian uchun 12,7 mln. evro to'lagan edi.