
Ko'pchilik bunga nima sabab bo'layotganini o'zicha taxmin qilishga urinmoqda. Biz esa ushbu holatni raqamlar bilan "chaqib" ko'rishga urinib ko'rdik.
"The Mirror" nashri e'lon qilgan statistik ma'lumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" Angliya Premer-ligasining eng dangasa jamoasi ekan. Ingliz nashri APL klublarining joriy mavsumda milliy chempionat o'yinlarida maydonda bosib o'tgan masofasi haqidagi statistik ma'lumotlarni e'lon qildi. Unga ko'ra, Yurgen Klopp qo'l ostidagi futbolchilar 5 ta uchrashuvda 581,6 km masofani bosib o'tib, ushbu ko'rsatkich borasida APLda yetakchilik qilishmoqda. "Manchester Yunayted" esa ro'yxatdan eng oxirgi o'rinni egallagan. "Qizil iblislar"ning 5 ta o'yindagi natijasi - 526,6 km.
