

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 23 yoshli niderlandiyalik hujumkor futbolchi MYUga o'tdi. Ingliz klubi Zirkzening transferi uchun Bolonyaga 40 million evro to'laydi. Tomonlar 2029 yilga qadar shartnoma imzolashi qayd etilgan.
Qayd etish joiz, ushbu transfer MYUning INEOS boshqaruviga o'tganidan keyingi dastlabki transferiga aylandi.
Joshua o'tgan mavsum A Seriyada 34 o'yinda 11ta gol va 4ta assistga mualliflik qilgan.




