"Manchester Yunayted" 1221 kun deganda APL peshqadamligiga qaytdi

Mirjalol Normatov
13 yanv 2021, 03:42
"Manchester Yunayted" yaqindagina APLning 1-turi doirasida qoldirilgan o'yinda "Bernli"ni mag'lub etdi va APL turnir jadvalida peshqadamga aylandi.

Qayd etish kerak, mankunianliklarning APL karvonboshiligiga qaytishi uchun naq 1221 kun kerak bo'ldi. Bundan 3 yil 4 oy 3 kun oldin, yani, 2017 yilning 9 sentyabr kunida Joze Mourinyo qo'l ostidagi "Manchester Yunayted" so'nggi bora APL peshqadami sifatida ko'rinish bergandi.

Navbatdagi turda MYU 2-o'rindagi "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia