"Manchester Yunayted" va "Chelsi" Rakitichga e'tibor qaratishdi

Tolibjon Qosimov
29 noya 2013, 13:07
"Sevilya" yarim himoyachisi Ivan Rakitich shu mavsum oxirida klubni tark etmoqchi, deb xabar bermoqda ispan matbuoti.
Shu sababli Rakitichga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqib qolishdi. To'g'ri klublar unga rasmiy taklif bilan chiqishmadi.

Andalusiya klubi futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda. Rakitichning "Sevilya" bilan amaldagi shartnomasi 2015 yilda tugaydi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com