"Manchester Yunayted" va "Arsenal" Sanchesga da'vogarlik qilmoqdalar

Aziz Tukhtamuradov
25 iyun 2014, 20:46
"Barselona" futbolchisi Aleksis Sanches faoliyatini ingliz jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda futbolchiga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" jamoalari tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda.

"Kanonirlar" futbolchi borasida kataloniyaliklarga rasmiy taklif bilan chiqqanlar.

MYU esa futbolchi uchun 22 million funt to'lashga tayyor.

Lekin, manchesterliklarning kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etmasligi Sanchesning transferiga halal berishi mumkin.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Daily Mail