"Manchester Yunayted" Shvaynshtaygerga yiliga 10 mln. evro taklif qildi
Aslanov Jasurbek
10 iyul 2015, 10:45
"Manchester Yunayted" yana "Bavariya" yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger bilan bog'landi va unga yiliga 10 mln. evro to'lash sharti bilan 2 yillik shartnoma taklif qildi.
Shvaynshtaygerning "Bavariya" bilan shartnomasi 1 yildan so'ng yakuniga etadi va Myunxen klubi futbolchi bilan xayrlashishini istayotganini yashirmayapti.