"Manchester Yunayted" Shouga oyiga 160 ming funt to'lamoqchi

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2014, 12:37
Manchester Yunayted Sautgempton futbolchisi Lyuk Shou bilan shartnoma masalasida kelishib oldi.

18 yoshli himoyachi oyiga 160 ming funt taklif qilayotgan mankunianlar taklifini qabul qildi.

Ma'lumotlarga qaraganda, manchesterliklarning ushbu taklifini eshitgan "Chelsi" jamoasi vakillari futbolchini o'z jamoalariga taklif qilish fikridan voz kechishgan.

Endilikda MYU "Sautgempton" vakillari bilan futbolchining transfer narxi borasida kelishib olishlari lozim. Bungacha, "Sautgempton" "Yunayted"ning 27 millionlik taklifini rad etgan edi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net