Manchester Yunayted qishda Yangni sotishga tayyor

Narzulla Saydullayev
20 okt 2013, 13:05
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Eshli Yang qishki transfer oynasi vaqtida klubni tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Goal.com.
Futbolchi bosh murabbiy Devid Moyesning rejalariga kirmayapti va klub Yang bilan yanvar oyida xayrlashishi mumkin.

"Manchester Siti"ga qarshi o'yindan keyin (1:4) Yang tarkibga kiritilmay qo'yildi. 

Undan tashqari Moyes, futbolchining juda ko'p hollarda simulyaciya ishlatishiga ochiqchasiga noroziligini bildirib o'tgandi.

Shuningdek, "Manchester Yunayted" qonot futbolchilaridan Yanuzay va Nani bilan yangi shartnoma imzolab ulgurdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru