“Manchester Yunayted” Moyes bilan xayrlashishga tayyor

26 fev 2014, 14:28
“Manchester Yunayted” rahbariyati klubning musobaqalarda omadsiz ishtirok etayotgani sababli, jamoa bosh murabbiyi Devid Moyesni iste'foga chiqarishga tayyor, deb xabar beradi Caughtoffside.

Rahbariyat Moyes klubni tang holatdan olib chiqa olmaydi degan fikrni olg'a surayapti va jamoaga bosh murabbiy sifatida tajribaliroq mutaxassisni ko'rmoqchi. Biroq mavsumning ikkinchi yarmida “MYU” yangi bosh murabbiy topishda birmuncha qiyinchilikkka duch kelishi mumkin. Agar Moyes klubdan ketadigan bo'lsa, uning o'rniga vaqtinchalik Aleks Fergyuson ishlab turishi ham mumkin. Bundan tashqari vaqtinchalik jamoani boshqarish vazifasi Fil Nevillga yoki Rayan Giggzga ham topshirilishi mumkin.


Manba: soccer.ru