Manchester Yunayted, Chelsi va Bavariya Benatiya uchun kurashmoqda

Narzulla Saydullayev
17 avg 2014, 12:47
Manchester Yunayted Romaga markaziy himoyachi Mexdi Benatiya borasida 30 million evro taklif qildi.
Futbolchi uchun kurashda Chelsi favorit hisoblanayotgandi.

Rim klubi yakuniy javobni berishga shoshilmayapti, Chelsi va Bavariyadan taklif kutmoqda.

Bavariya ustozi Xosep Gvardiola rahbariyatdan 7 oyga safdan chiqqan Xavi Martinesning o'rniga futbolchi olib kelishni so'ramoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru