

Bu haqda "to'pchilar" bosh murabbiyi Arsen Venger matbuot-anjumanida e'lon qildi.
"Biz Chexni yo'qotdik, Aleksis Sanches terma jamoa uchrashuvida jarohat oldi. Hozircha uning o'ynashi borasida aniq bir narsa deya olmayman. Ozil maydonga tushishi mumkin. U Ozarbayjonga qarshi bahsda Germaniya terma jamoasi safida 20 daqiqa o'ynadi. U joriy haftada ko'p ishladi" - deydi Venger.
"Arsenal" va "Manchester Siti" uchrashuvi 2 aprel kuni bo'lib o'tadi.



