​“Manchester Siti” yozda Mendini sotib yuboradi

8 dek 2018, 08:41
Pep Gvardiola futbolchini sotishga qaror qildi.

Gvardiola fransiyalik chap qanot himoyachisi Benjamen Mendining asosiy vaqtini maydonda emas, balki jarohatlarini davolash bilan o'tkazayotganidan norozi. Shu boisdan uni yozgi transferlar vaqtida sotib yuborish masalasi ko'tarilgan. Futbolchi noyabrda avval olgan jarohatini qaytalashi natijasida jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi. Va Mendi kamida yana 3 oyni maydondan tashqari o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport