"Manchester Siti" yana UEFA nazorati ostida

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2017, 16:49
"Manchester Siti" yozgi transfer oynasida 220 mln. funt sarflaganidan so'ng, UEFA tomonidan moliyaviy ishlari nazorat qilinadigan ro'yxatga qaytdi.

2014 yilda "Manchester Siti" PSJ bilan birgalikda moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun jazolangan edi. UEFA klublarga bazi imkoniyatlarni yaratib beradi, ammo bu so'nggi uch yil davomida sankciyalar bilan jazolangan jamoalarga tegishli emas. UEFA qoidalariga ko'ra, so'nggi uch yil davomida ko'rilgan zarar miqdori 30 mln. funtdan oshmasligi kerak.

"Manchester Siti" Fernando, Kelechi Ixeanacho, Vilfrid Boni va Fabian Delflarni sotib balansni ushlab qolmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph