"Manchester Siti" Veyga transferi uchun kurashga qo'shildi

Omonjon To`xtamirzayev
28 iyun 2023, 18:34
"Selta" yarim himoyachisi Gabriel Veyga faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Ispaniyalik iqtidorli futbolchiga qator top klublar tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Endilikda "Manchester Siti" ham ushbu ro'yxatga qo'shildi. "Shaharliklar" "Vest Xem" yetakchisi Deklan Rays masalasini ijobiy hal qila olmagach, ushbu chiziqning boshqa vakillarini o'rganib chiqishmoqda. 

La Liganing ortda qolgan mavsumida futbolchi 36 o'yinda maydonga tushdi va 11 ta gol urib, 4 ta golli uzatma etkazib berdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia