"Manchester Siti" va "Barselona" Dembelening narxini tushirmoqchi
Tolibjon Qosimov
29 iyun 2017, 12:37
"RMC"ning tasdiqlashicha, "Manchester Siti" va "Barselona" klublari "Borussiya" (Dordmund) vingeri Usman Dembeleni sotib olish umidini so'ndirmagan.
Shu bilan birga, har ikki klub ham futbolchi uchun borussiyaliklar so'rayotgan 85-90 million evro atrofidagi pulni bermoqchi emas. Tomonlarning vakillari futbolchining transfer narxini tushirish uchun muzokaralar olib borishmoqda.