Manchester Siti – Roma. Totti YCHLda gol urgan eng qari futbolchiga aylandi

Narzulla Saydullayev
1 okt 2014, 09:08
Roma hujumchisi Franchesko Totti YCHL 2-turida Manchester Sitiga qarshi o'yinda o'z hisobiga gol yozib qo'ydi (1:1).
Italiyalik hujumchi 38 yosh 3 kunligida gol urib Yevropa chempionlar ligasida to'p kiritgan eng qari futbolchiga aylanib oldi.

Oldingi rekord Manchester Yunaytedning sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggzga tegishli edi. U 2011 yil 37 yosh 289 kunligida gol urgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru