"Manchester Siti" qishki transferlarga 212 million evro ishlatdi - bu tarixdagi ikkinchi natija

Omonjon To`xtamirzayev
4 fev 2025, 12:51
"Manchester Siti" ortda qolgan transfer oynasi davrida yangi futbolchilarga 212 million evro sarfladi.

Transfer bozorida ancha faol bo'lgan "shaharliklar" 4 ta transferni rasmiylashtirishdi.

"Shayxlar" himoyachilar Abduqodira Husanovni 40 million evroga, Vitor Reysni 37 million evroga sotib olgan bo'lsa, yarim himoyachilar Omar Marmushni 75 million evro, Niko Gonsalesni esa – 60 millionga xarid qildi.

Natijada, "Manchester Siti" qishki transfer oynasi davridagi xarajatlar bo'yicha ikkinchi eng yirik ko'rsatkichni qayd etdi.

Futbol tarixida qishda faqatgina "Chelsi" – 2023 yil yangi futbolchilarga 330 million evro sarflagan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta