"Manchester Siti" prezidenti Messi qanday taklifni rad etgani haqida aytib berdi

Aslanov Jasurbek
13 okt 2018, 22:42
"Manchester Siti" prezidenti Xaldun Al-Muborak klub "Barselona" forvardi Lionel Messini xarid qilishga uringani haqida gapirib berdi.

"Qaysi futbolchini xarid qilishni istab, uni sotib ololmaganmiz? Messi. Xosep Gvardioladan u bilan gaplashishni so'rab, Lionelning maoshidan uch baravar katta pul taklif qilgandik, ammo u taklifni rad etdi" - deydi Al-Muborak.

Messi joriy mavsum LaLiganing 8ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urib, 4ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal