

Madrid klubi 24 yoshli argentinalikning transferi haqida e'lon qildi. Xulian bilan tuzilgan bitim 2030 yilgacha amal qiladi.
Oldinroq, "Atletiko" Alvares uchun "shaharliklar"ga 75+20 mln. evro to'lashi haqida e'lon qilingan edi.
Bu "Manchester Siti" tarixidagi eng katta sotuvga aylanadi. Shu kungacha bu joy Raxim Sterlingga tegishli edi. U 2 yil avval "Chelsi"ga 56,2 mln. evroga sotib yuborilgan.




