

"Shaharliklar" muxlislari o'yin boshlanishidan oldin “Etihad” stadioni tribunalaridan Premer-liga madhiyasi vaqtida hushtakbozlik qilishdi. Mahalliy muxlislar klubga qo'yilgan ayblovlarga shunday munosabat bildirmoqda.
Joriy hafta boshida Premer-liga 2009 va 2018 yillar oralig'ida "Manchester Siti"ning 100 dan ortiq moliyaviy qonunbuzarligi ro'yxatini e'lon qildi. “Shaharliklar” ishi bo'yicha maxsus komissiya tekshiruv o'tkazmoqda.



