Manchester Siti Lempardning ijarasini uzaytirishi mumkin

Narzulla Saydullayev
24 okt 2014, 09:00
Frenk Lempard Yangi yil bayramidan keyin ham Manchester Siti safida qolishi mumkin, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.
Huquqiy jihatdan Nyu-York Sitiga tegishli bo'lgan Lempard Angliya klubida mart oyiga qadar qolishi mumkin. Sababi MLS ligasi bahorda boshlanadi. Faqat buning uchun Nyu-York Siti yanvar oyida yig'inni Manchester Sitining bazasida o'tkazmoqchi.

Klub rahbarlari bu masala borasida muzokara o'tkazishadi.

Sentyabr oyida Lempard Manchester Sitining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru