"Manchester Siti" ketma-ket 25ta bahsda mag'lub bo'lmadi, keyingi to'qnashuv "Real" bilan

Aslanov Jasurbek
6 apr 2024, 19:29
"Manchester Siti" mag'lubiyatsiz seriyasini 25ta bahsga etkazib oldi.

Pep Gvardiola jamoasi APLning 32-turida "Kristal Pelas"ni 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

"Manchester Siti" so'nggi bor o'tgan yili 6 dekabr kuni "Aston Villa"ga mag'lub bo'lgan (0:1) edi.

Keyin "shaharliklar" barcha turnirlarda 21ta bahsda g'alaba qozonib, 4ta uchrashuvda durang qayd etishdi.


"Siti"ning keyingi uchrashuvi 9 aprel kuni "Santyago Bernabeu"da "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final bahsi bo'ladi.


APL JADVALI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru