“Manchester Siti” Kanselu uchun narx qo'ydi. Bu narx “Barselona”ni o'ylantirib qo'ydi
Nozimov Nig'monxo'ja
25 okt 2023, 09:47
Yozda ijara asosida “Barselona”ga ko'chib o'tgan Joau Kanselu to'liq Kataloniyada qolishi mumkin.
Xavi klub rahbariyatidan futbolchini sotib olishlarini so'ragan. Ingliz jamoasi futbolchisini 50 million evroga sotishga roziligini bildirgan. Biroq “Barselona” bu summani teng yarmini va qo'shimcha bonuslar berishga tayyor.