"Manchester Siti" Bissumani nishonga oldi

Alisher
10 may 2021
Angliya klublari "Brayton" yarim himoyachisi Iv Bussuma uchun ovni davom ettirishmoqda.

"Liverpul" va "Arsenal" ortidan xavbekni "Manchester Siti" ham nishonga oldi. "Shaharliklar" 24 yoshli o'yinchi borasida ma'lumot so'rashgan.

Shuningdek, Mali terma jamoasi o'yinchisiga "Marsel" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Bissuma Yevropaning top-klublari qiziqishlari sabab "Brayton"ga unga mavsum so'nggida klubdan kyetishga imkon berishni so'radi. Klub yarim himoyachini 30 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: brightonandhoveindependent.co.uk