“Manchester Siti” APL restartidan so'ng ajoyib statistika qayd etmoqda

23 iyun 2020, 09:17
“Man Siti” APL 30-turi doirasida “Byornli”ni 5:0 hisobida taslim qildi.

“Byornli”ga qarshi bahsdan oldinroq Xosep Gvardiola shogirdlari APL 28-turining “Arsenal”ga qarshi qoldirigan uchrashuvida 3:0 hisobida g'alaba qozongandi.

Qizig'i, APL restartidan so'ng “Manchester Siti” raqiblar darvozasiga 8 ta gol urdi va o'z darvozasi tomon raqiblarning bitta ham aniq zarba berishiga yo'l qo'ymadi.

“Manchester Siti” APL doirasida navbatdagi o'yinni 25 iyunda “Chelsi”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka