"Manchester Siti" 5-marotaba ketma-ket 1-o'rin bilan pley-offga chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
25 noya 2021, 09:45
"Manchester Siti" YCHL 5-turi doirasida PSJni mag'lubiyatga uchratdi (2:1).

"Shaharliklar" beshinchi marotaba 1-o'rinni egallagan holda pley-off bosqichiga yo'l olishdi. 

Bungacha yangicha formatda o'tkazilayotgan YCHLda (2003/04) ingliz klublaridan faqatgina "Manchester Yunayted" shunday natijani qayd etgan. Aleks Fergyuson boshchiligidagi MYU 2006-2010 yillarda o'z guruhida birinchi o'rinni egallagan holda YCHL pley-off bosqichiga yo'l olgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports