"Manchester Siti" 1/16 final bosqichidagi eng chiroyli golni o'tkazdi, Husanov esa debyut golini urdi

Aslanov Jasurbek
9 fev 2025, 00:05
Angliya kubogining 1/16 final bosqichida "Manchester Siti" jamoasi "Leytor Orient" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda hisobni 3-divizion vakili bo'lgan "Leyton Orient" ochgan bo'lsada, yakunda manchesterliklar g'alabani ilib ketishdi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu uchrashuvning 2-bo'lim avvalida zaxiradan maydonga tushirildi va 56-daqiqada gol urib hisobni tenglashtirdi. Riko Lyuisning kuchli zarbasi Husanovning elkasiga tegib raqib darvozasidan joy oldi. 79-daqiqada esa Grilishning zargarona pasidan keyin Kevin de Bryuyne "Siti"ga g'alaba keltirgan golni kiritdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia