

Daily Mail xabariga ko'ra, Zidan katta ehtimol bilan ushbu haftada "Manchester" boshqaruvini o'z qo'liga olishi kutilmoqda. Jamoa Londonda mag'lub etilganidan keyin Mourinyo rahbariyatning ishonchini yo'qotgan.
MYU Manchesterga bosh murabbiysiz qaytgan. Aytilishicha, yo'l-yo'lakay jamoadagilar bosh murabbiyning iste'fosi masalasini ko'rib chiqishgan. Unga ko'ra, MYU YCHLda "Valensiya"ga qarshi o'yinini o'tkazib olganidan keyin shu haftaning oxirida yoki keyingi haftaning boshlariga portugaliyalik iste'foga chiqadi.



