Manba: Mbappe iyul oyi boshida "Real"ga o'tadi

Оқил Абдубарноев
29 iyun 2023, 23:32
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe tez orada "Real"ga o'tishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi keyingi haftada Madrid klubi futbolchisiga aylanadi. Futbolchining onasi va uning ishlari bilan ham shug'ullanuvchi Fayza Lamari shartnomani yakunlash uchun advokatlar bilan birga Madridga tashrif buyuradi.

Mbappe o'tgan mavsum parijliklar safida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/F_GallardoTV