Manba: "Lester" himoyachisi "Chelsi" bilan shartnoma imzoladi

23 avg 2020, 01:06
"Lester Siti" himoyachisi Benjamin Chilvel Londonning "Chelsi" klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, deya xabar qildi jurnalist Nikolo Skira.

Oldinroq Britaniya OAVlari mazkur transfer 55 mln evroga baholanishini xabar qilgan edi.

Benjamin Chilvel - "Lester" tarbiyalanuvchisi. U 2015 yildan beri asosiy jamoa sharafini himoya qilib keladi (2015/2016 yilgi mavsumni "Xaddersfild Taun"da ijarada o'tkazgan). Premer-liganing oxirgi mavsumida 27 o'yin o'tkazgan himoyachi 3 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan, 3 marta sariq kartochka bilan jazolangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports