"Man Siti" Messi va Ramosga taklif tayyorlamoqda!

15 noya 2020, 01:59
"Manchester Siti" o'z tarkibini Ispaniya chempionatining 2 yetakchi futbolchisi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

"ESPN Argentina" xabariga ko'ra, "shaharliklar" rahbariyati "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Real" himoyachisi Serxio Ramosga taklif tayyorlamoqda. Har ikki futbolchining o'z klublari bilan imzolagan shartnomasi kelasi yilning yozida nihoyasiga etadi va ular erkin agentga aylanishadi. Ingliz jamoasi ular bilan 1 yanvardan boshlab muzokara olib borish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN Argentina