Mamurjon Abdullaev: "Kutilmagan gol jamoamiz ruhiyatiga ta’sir qildi"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2024, 22:29
O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Aral" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Mamurjon Abdullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Rejalarimiz o'zgarib ketdi. Yaxshi o'ynab turgandik, kutilmagan gol jamoamiz ruhiyatiga ta’sir ko'rsatdi. Vaziyatlarimiz bo'ldi, foydalana olmadik. Aksincha, "Aral" jamoasi ikkinchi golni ham urib ketdi.


- Vaziyatlardan foydalana olmaslik holatiga qanday izox berasiz?


- Bitta bu o'yindamas, biz avvalgi uchrashuvlarda ham vaziyatlardan foydalanish bo'yicha muammolarga duch kelayapmiz. Mashg'ulotlarda buning ustida jiddiy ishlaymiz.


- Bugun hujum chizig'ida yosh futbolchi Amirbek Komilov o'ynadi. Buning sababi nima?


- Bir qator tajribali futbolchilarimiz jarohat sabab bugungi o'yinni o'tkazib yuborishdi. Shu sababdan hujumda Amirbek Komilovga imkon berdik. Yosh hujumchi yomon o'yin ko'rsatmadi deb o'ylayman.


- "Xorazm" jamoasining kubokdagi maqsadi qanday?


- Kubok uchrashuvlarida imkon qadar uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz. Navbatdagi o'yinlarda g'alaba qozonib, guruhdan chiqishga harakat qilamiz



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif