Mamur Ikromov "Xo'jand"da

Tolibjon Qosimov
4 fev 2020, 12:42
Yanvar oyining boshida "Lokomotiv"ning tajribali darvozaboni Mamur Ikromov klubni tark etgani haqida xabar bergan edik.

37 yoshli Mamur Ikromov "Lokomotiv"ni tark etdi

37 yoshli kiper Tojikistonning "Xo'jand" jamoasi tarkibida bo'lib turibdi. Ayni daqiqalarda tojikistonliklar TTYMI stadionida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bilan o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqda. Ikromov "Xo'jand" tarkibida to'p tepmoqda.


Eslatib o'tamiz, Ikromov 2019 yilgi mavsum Superligada umuman maydonga tushgani yo'q. 2015-2019 yillar davomida u O'zbekiston chempionatida 21ta o'yinda maydonga tushdi va 8ta uchrashuvni quruq o'tkazgan.


Bundan tashqari, "Ho'jand" tarkibida yana bir o'zbekistonlik futbolchi Firdavs Asadov ham harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia