

"Toshkent Siti"ning 2006 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari Shahar chempionatida birinchi o'rinni egallashdi. Shu munosabat bilan "Versal" restoranida yosh futbolchilarni taqdirlash marosimi o'tkazildi va bunda mehmon sifatida O'zbekistonning amaldagi chempionlari - "Lokomotiv" futbolchilari ham taklif etildi.
Bolakaylar "Loko" yulduzlarini ko'rib xursand bo'lishdi, bunda ota-onalarning ham boshi ko'kka etdi. Futbolchilarimiz so'zga chiqib, "Toshkent Siti"ni qo'lga kiritilgan yutuq bilan tabriklashdi hamda yosh futbolchilarga katta bo'lgach yaxshi futbolchi bo'lishlarini tilashdi.









